
11.02.2025
Xatirchi tumani "Yangi qurilish" mahallasida yashovchi fuqaro M.X. tuman markazida joylashgan "Imkon" savdo do‘konidan “Golden eagle 48/20AH” rusumli skuter va “Artel” rusumli televizorni kredit shartnoma asosida umumiy qiymatda 7 242 000 so‘mga xarid qilgan. Ammo ko'p vaqt o'tmasdan, skuterda nosozliklar kuzatilgan, savdo do‘koni mas'ullari esa nuqsonli tovarni ta'mirlash yoki almashtirib berishdan bosh tortgan.
Fuqaro murojaati tegishliligi bo‘yicha Xatirchi tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimlari tomonidan o‘rganib chiqildi va tadbirkorga iste’molchining huquqlari, amaldagi qonunchilik talablari batafsil tushuntirilib, shartnomaning skuterga tegishli ya’ni 5 210 000 so‘m qismi bekor qilinishida amaliy yordam ko‘rsatildi.