Telegram-bot Virtual qabulxona

13.02.2023

Kommunal sohasidagi asossiz qarzdorlik iste’molchi foydasiga hal etildi

Mingbuloq tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga "Ingichka" MFY da yashovchi fuqaro B.O. yozma ariza bilan murojaat qildi.

Murojaatda bayon etilishicha, fuqaroning yashash xonadoni ichimlik suvi tarmog’iga ulanmagan bo'lishiga qaramay, unga “Namangan suv ta’minoti” MCHJ Mingbuloq tuman bo’limi tomonidan 700 000 (yeti yuz ming ) so’m qarzdorlik yozilgan. Shundan so’ng, fuqaro holatga aniqlik kiritishda amaliy yordam so’rab, Mingbuloq tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilgan.

Holat yuzasidan tuman jamiyati tomonidan o’rganish ishlari olib borilib, qayta hisob-kitob qilinishi natijasida 700 ming so’m qarzdorlik asossiz deb topildi va fuqaroning to'lov majburiyatidan olib tashlandi.
 


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00