Telegram-bot Virtual qabulxona

30.10.2024

11 yarim million so'mlik sifatsiz oshxona mebellari yangisiga almashtirib berildi

Buxoro viloyati Buxoro shahri B.Naqshband ko'chasida yashovchi fuqaro N.S. shahar iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga o'gzaki murojaat qilgan.

Mazkur murojaatga ko'ra, fuqaro 2024-yilning 6-oktyabrida "SMART MEBEL" MChJga qarashli savdo do'konidan 11 500 000 so'mlik oshxona mebellari to'plamini sotib olgan. To'plam o'rnatib berilganidan keyin iste'molchi mebellarning sifatsizligini hamda oshxona o'lchamiga to'g'ri kelmaganligini aniqlagan. MChJ rahbariyati esa iste'molchining shikoyatlariga e'tibor bermasdan, to'plamni almashtirib berishdan bosh tortgan.

O'zbekiston Respublikasi "Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish to'g'risida"gi qonun talablari MChJ rahbariyatiga mutaxassislarimiz tomonidan tushuntirilganidan so'ng, 11 500 000 so'mlik oshxona jihozlari yangisiga almashtirib berildi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00