
14.07.2023
Yangiqo’rg’on tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga "Vodiy" mahallasida yashovchi fuqaro K.J.dan murojaat kelib tushgan.
Unga ko'ra, fuqaro Yangiqo’rg’on tuman markazida joylashgan "Idea" kredit savdo do’konidan shartnoma asosida telefon sotib olgan. Biroq do’kon xodimlari fuqaroni shartnoma shartlari va shartnomada ko’satilgan tovarning narxi bilan tanishtirmay, og’zaki ma’lumot bergan. Fuqaro telefon apparatini olganidan so’ng, shartnoma bilan uyda to’liq tanishib chiqqan. Ammo shartnomadagi shartlar va og’zaki aytilgan narxlar o’rtasida farq borligi sababli, savdo do’koniga telefonni qaytarib berishi va shartnomani bekor qilishi to’g’risida bir necha bor murojaat qilishiga qaramay, hech qanday natija bo’lmagan.
Jamiyat xodimlari tomonidan murojaat belgilangan tartibda o’rganilganida yuqoridagi holat o’z tasdig’ini topdi. Natijada, fuqaro nomiga rasmiylashtirilgan 8 880 000 so’mlik kredit shartnomasi bekor qilindi.