Telegram-bot Virtual qabulxona

07.02.2024

Iste'molchining salkam 10 million so'm pul mablag'i qaytarildi

Kommunal toʻlovlar uchun eng zaruriy vosita hisoblagichlar sanaladi. Agar hisoblagich nosoz boʻlsa, unda isteʼmolchi bir emas, bir necha marotaba ortiqcha xarajatga qolishi mumkin. Bunday holat Buxoro tumanda yashovchi fuqaro Q.N bilan sodir boʻlgan.

Isteʼmolchi joriy yilning yanvar oyida Buxoro shahrida joylashgan savdo doʻkonidan "Osten" markali tabiiy gaz hisoblagichni 9 900 000 soʻm evaziga xarid qilgan. Oʻrnatish davomida nosozligi, boz ustiga tabiiy gaz sizib chiqayotganligini aniqlagan. Savdo xodimlariga bu bo'yicha shikoyat qilgan, lekin oʻrinli javob ola olmagan. Amaliy yordam soʻrab, Buxoro shahar isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga ariza qoldirgan.

Buxoro shahar jamiyati xodimlari tomonidan murojaat toʻliq oʻrganilib, 9 900 000 soʻm toʻlov isteʼmolchiga, nosoz hisoblagich esa savdo do'koniga qaytarildi.

 


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00