Telegram-bot Virtual qabulxona

03.11.2023

1 yarim million so'mlik nuqsonli televizor sifatlisiga almashtirildi

Angor tuman "Bahor" mahallasida yashovchi fuqaro X.N. tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilgan.

Unda bayon qilinishicha, fuqaro tuman tijorat bozori hududidagi 221-do’kondan 1 530 000 so’m evaziga “Samsung” rusumli televizor sotib olgan. Ammo uni xonadoniga olib borib, o’rnatish jarayonida ekran qismida turli nuqsonlar borligini payqab qolgan. Televizorni yangisiga almashtirib berishlarini so'rab, do'kon xodimlariga bir necha bor murojaat qilgan iste'molchi faqatgina rad javobini olgan.

Ushbu holat jamiyat mutaxassislari tomonidan o’rganilib, do’kon ishchi-xodimlariga tegishli tartibda tushuntirish ishlari olib borildi. Natijada, nuqsonli televizor sifatlisiga almashtirib berildi.

 


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00