Telegram-bot Virtual qabulxona

31.10.2024

7 million so'mlik nosoz elektroskuter bepul ta'mirlab berildi

2024-yil 11-oktyabr kuni Karmana tumani X.Xisrav MFYda yashovchi fuqaro Sh.R. tomonidan federatsiyaning 1091 qisqa raqamli ishonch telefoni orqali murojaat kelib tushgan.

Unga ko'ra, fuqaro Navoiy shahrida joylashgan “Ishonch” savdo do‘konidan 7 000 000 so‘mga sotib olgan elektroskuter bir oy muddat ichida nosoz holga kelib qolganidan norozi bo‘lib, ushbu masalada amaliy yordam so‘ragan.      

Murojaat  Navoiy shahar jamiyatining murojaatlar daftariga qayd qilinib, qisqa fursat ichida jamiyat mutaxassislari tomonidan o‘rganib chiqilganda, haqiqatda ham skuterda nuqsonlar borligi hamda nosoz holda ekanligi aniqlandi. Shundan so‘ng, savdo do‘koni rahbariga fuqaro Sh.R.ning iste'molchi sifatida huquqlari jamiyat mutaxassislari tomonidan tushuntirildi va nosoz holga kelgan elektroskuter  matori savdo do‘koni tomonidan bepul ta'mirlab berilishida amaliy yordam ko‘rsatildi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00