Telegram-bot Virtual qabulxona

04.10.2023

Iste’molchi zimmasiga yuklatilgan 2 milliondan ortiq asossiz qarzdorlik bartaraf etildi

Qo‘qon shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati  tomonidan shaharning Charxiy ko‘chasida yashovchi S.S.ning xonadoni asoslanmagan qarzdorlik sabab, tabiiy gaz tarmog‘idan uzib qo'yilgani to'g'risidagi murojaati o‘rganildi.

Murojaat asosida olib borilgan o‘rganishda fuqaroning xonadoniga zamonaviy rusumdagi "Smart" gaz hisoblagich uskunasi o‘rnatilgani va ushbu hisoblagich bazada yuzaga kelgan 2 175 000 so‘m miqdoridagi asoslanmagan qarzdorlik ortidan blok holatiga tushib qolgani ma’lum bo‘ldi.

O‘rganish ishlari doirasida "Hududgaz Farg‘ona" gaz ta’minoti filiali Qo‘qon shahar bo‘limi tomonidan asoslanmagan qarzdorlikni iste’molchining to‘lov majburiyatidan chiqarish chora-tadbirlarini ko‘rish uchun tegishli hujjatlar to‘planib, O‘ztransgaz KAT bo‘limiga kiritilganligini ma'lum qilindi.

 


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00