
22.07.2024
Fuqaro Q.M. 2023-yil 27-fevral kuni OOO “Umid Avto Companies”ning Namangan filiali bilan “Cobalt” avtomashinasi sotib olish uchun shartnoma tuzgan va shartnoma shartiga koʻra, boshlangʻich toʻlov uchun jamiyatning AKB “Invest Finance Bank”dagi hisobraqamiga 45 874 455 soʻm toʻlovni amalga oshirgan.
Shartnomaning 1.1. bandiga asosan avtomashinani yetkazib berish muddati 120 kun ichida amalga oshirilishi, yaʼni 2023-yil 21-avgustga belgilangan boʻlsa-da, mashina belgilangan muddatda isteʼmolchiga yetkazib berilmagan. Fuqaro mas'ullarga murojaat bilan chiqib, avtomashina muddatida yetkazib berilmaganligi sababini soʻraganida, avtomashina yetkazib berish 2 oy muddatga, yaʼni 21-oktabr kuniga qadar uzaytirilganligini maʼlum qilishgan. Lekin shunda ham Avtomashina yetkazib berilmagan, iste'molchi esa to'lagan pulini qaytarib olish uchun 3 oy sarson bo'lgan.
Mazkur murojaat Davlatobod tuman ijro etuvchi apparati xodimlari tomonidan oʻrganilib, jamiyat xodimlariga amaldagi qonun hujjatlari talablari doirasida tegishli tushuntirishlar berilib, avtomashina uchun toʻlangan 45 874 455 soʻm pul mablagʻi isteʼmolchiga toʻliq qaytarilishiga erishildi.