Telegram-bot Virtual qabulxona

18.10.2024

Xarid qilingan avtomobil nuqsonlari sabab boshqasiga almashtirildi

Marg‘ilon shahar iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan Qo‘shtepa tumanida yashovchi K.O.ning xarid qilingan avtomashina nuqsonlar mavjudligi sababli sotuvchiga qaytarilgani, lekin masala shu kunga qadar hal bo‘lmasdan kelayotganligi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi ishonch telefoniga qilgan murojaati tegishliligi bo'yicha o‘rganildi.

Iste'molchining so‘zlariga ko‘ra, u joriy yilning 30-avgust kuni shahardagi "AS Farg‘ona servis" MChJdan TRACKER-2 rusumli avtomashinani 282 474 080 so‘mga xarid qilgan. Lekin keyinchalik avtomobilning bir necha joylarida bo‘yoqlari ko‘chgan joylari borligini ko‘rgach, 5-sentyabr kuni sotuvchiga qaytarib olib kelgan. Ammo masalani hal qilib berish ishlari cho‘zilavergach, Bosh prokuratura ishonch telefoniga murojaat qilib, muammoni qonuniy hal etilishida amaliy yordam ko‘rsatilishini so‘ragan.

Federatsiyaning Marg‘ilon shahar jamiyati mutaxassislari tomonidan murojaat o‘rganilishi jarayonida sotuvchiga yuzaga kelgan holat va bunday holatlarda amaldagi qonunchilik talablari yuzasidan xat kiritildi. O‘rganish ishlari davomida, shuningdek, sotuvchidan olingan javob xatida iste'molchi tomonidan keltirilgan vajlarning o‘rinli ekanligi isbotini topdi hamda o‘rganish yakunlari bilan iste'molchiga xuddi shu rusumdagi va maqbul sifatdagi avtomobil yetkazib berildi. 

 


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00