Telegram-bot Virtual qabulxona

23.07.2024

Fuqaro murojaati ijobiy hal etildi

Kundalik hayotda har bir inson doimo xarid qilishga ehtiyoj sezadi. Ayni damda biz informatsion texnologiyalar taraqqiyotida yashaymiz va bu davr bizdan zamon bilan hamnafas bo‘lishni talab qiladi. Avvalari, biz xarid uchun bozorlarga borgan bo‘lsak, hozirda bozorning o‘zi yonimizga kelishi mumkin. Qanday qilib deysizmi? Albatta, onlayn do‘konlar orqali. Dunyoning barcha rivojlangan mamlakatlarida savdoning asosiy qismi internet do‘konlar orqali amalga oshiriladi. Mamlakatimizda axborot texnologiyalari juda katta tezlikda rivojlanib bormoqda. Internet tarmoqlarining rivojlanishi, undagi xizmatlar narxining pasayishi ham aholi uchun ko‘plab yangi imkoniyatlarni ochmoqda. Elektron savdo maydonchasidagi munosabatlarning muhim shartlaridan biri buyurtma qilingan tovarni manziliga aniq vaqt oralig`ida xavfsiz yetkazishdan iborat ekanligini yaxshi bilamiz. Afsuski hozirgi kunda ham mahsulotga buyurtma berib to`lovni amalga oshirgandan so`ng ham tovardan darak bo`lmaydigan holatlar ham uchrab turibdi. Bu esa albatta iste`molchilarning noroziligiga sabab bo`lmoqda.

Samarqand viloyat Ishtixon tumani “Sohibkor” MFYda istiqomat qiluvchi fuqaro A.T “Cheonsam” kompaniyasidan giyoh buyurtma qilib oldindan 1 mln so`m to`lovni amalga oshiradi. Ammo yuqorida ta`kidlaganimizdek holat ya`ni, to`lov amalga oshirilgan bo`lsa ham mahsulotdan darak bo`lmaydi.  

Vaziyatga O`zbekiston iste`molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Ishtixon tuman jamiyati mutaxassislari aralashuvi bilan oydinlik kiritildi va ijobiy hal etildi. Jamiyat xodimlari  “Cheonsam” kompaniyasi dillerlari bilan uchrashib ularga O`zbekiston Respublikasi “Iste`molchilar huquqlarini himoya qilish to`g`risida”gi qonunining tegishli bandlari yuzasidan tushuntirishlar berildi. Natijada fuqaro A.Tga xarid qilgan mahsulotini yetkazib berilishiga erishildi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00