Telegram-bot Virtual qabulxona

19.09.2023

Noreal qarzdorlikka barham berildi

Tabiiy gaz hisoblagichlari onlayn avtomatik qurilmalarga almashtirilganidan so‘ng, ushbu masalada tushunmovchiliklar anchayin kamaygani rost. Oldindan to‘lov asosida tabiiy gaz hisobini yurituvchi qurilmalarda esa ba’zi hollarda muammoli vaziyatlar yuzaga kelmoqda.

Buxoro tuman "Sheyxoncha" MFY da istiqomat qiluvchi fuqaro J.S. ga nisbatan Buxoro tuman Hududgaz filliali tomonidan 1 070 086 so‘m qarzdorlik hisoblangan. Iste’molchi bu holatdan norozi bo‘lib Buxoro tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga yozma murojaat qilgan.

Jamiyat xodimlari tomonidan murojaat qisqa fursatda o‘rganib chiqildi. Natijada, iste’molchiga nisbatan hisoblangan qarzdorlik asossiz bo'lib chiqdi hamda hozirda 161 020 so‘m oldindan to‘lovi mavjudligi aniqlandi.

 


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 5
  • 1091
  • istemol@gmail.com
  • 09:00 to 18:00