10.02.2023
Oʻzbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi qoshidagi "Jamoatchi nazoratchilar" klubi
NIZOMI
I. UMUMIY QOIDALAR
1.1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi (keying o‘rinlarda Federatsiya) qoshidagi Jamoatchi nazoratchilar klubi (keying o‘rinlarda “Jamoatchi nazoratchilar klubi”) faoliyatini tashkil etish va yuritish tartibini belgilaydi.
1.2. Jamoatchi nazoratchilar klubi iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish va ularning iste’mol madaniyatini oshirish ishiga jamoatchilikni jalb qilish maqsadida Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari a’zolari ishtirokida yuridik shaxs tuzmagan holda tashkil etiladi.
1.3. Jamoatchi nazoratchilar klubi o‘z faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”, “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”, “Volontyorlik faoliyati to'g'risida”gi qonunlar, normativ-huquqiy hujjatlar, Federatsiya Ustavi, Federatsiya Kengashi qarorlari va raisi buyruqlari va mazkur Nizom qoidalari asosida yo‘lga qo‘yadi.
1.4. Jamoatchi nazoratchilar klubi Oʻzbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining logotipidan foydalanadi.
II. MAQSAD VA VAZIFALARI
2.1. Jamoatchi nazoratchilar klubining asosiy maqsadi iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish va ularning iste’mol madaniyatini oshirishdan iborat bo‘lib, buni begʻaraz bajaradi.
2.2. Jamoatchi nazoratchilar klubining asosiy vazifalari:
Federatsiyaga uning Ustavida belgilangan dasturiy vazifalarni hayotga tatbiq etishda ko‘maklashish;
iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasidagi qonun hujjatlarini targ‘ib qilish orqali iste’mol madaniyatini oshirish, iste’molchilar huquqlari buzilishiga oid muammolarni ommaviy axborot vositalari va boshqa ijtimoiy tarmoq kanallari orqali yoritish;
iste’molchilar huquqlarini himoya qilinishining dolzarb masalalari muhokamasiga qaratilgan davra suhbatlari hamda turli shakldagi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar oʻtkazish;
iste’molchilardan kelib tushgan murojaatlar asosida iste’molchilarning buzilayotgan huquqlarini tiklash yuzasidan o‘sha tashkilotlarga murojaat etish, tegishli takliflar tayyorlash;
Federatsiya tizimlari bilan birgalikda ichki bozorda sotiladigan iste’mol tovarlarining zarur sifatda boʻlishini va xavfsizligini hamda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining boshqa talablarini ta’minlash yuzasidan jamoatchilik nazorati tartibida monitoring, kuzatuv, oʻrganishalar oʻtkazish hamda aholining ushbu masalalarga oid fikrini bilish yuzasidan ijtimoiy soʻrovnomalar oʻtkazish;
monitoring, kuzatuv, oʻrganishalar va so‘rovlar natijalari boʻyicha takliflar kiritish.
2.3. Jamoatchi nazoratchilar klubining faoliyat yo‘nalishlari mazkur Nizomda belgilangan maqsad va vazifalardan hamda klubning yillik rejasidan kelib chiqib, shkllantiriladi, yillik reja Oʻzbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi bilan kelishilgan holda klub rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
III. QATNASHCHILAR, TUZILISHI VA FAOLIYATINI TASHKIL ETISH
3.1. Jamoatchi nazoratchilar klubining qatnashchilari Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari a’zolari bo‘lib, ixtiyoriylik, beg‘arazlik va yaxshi niyat tamoyillari asosida o‘zlarining imkoniyatlari hamda bo‘sh vaqtiga qarab belgilangan ijtimoiy vazifalarni bajaradilar, shuningdek, mazkur Nizomning talab va qoidalarini tan oladilar, ularga rioya qiladilar va bajaradilar.
3.2. Jamoatchi nazoratchilar klubining qatnashchilari safiga nomzodlar orasidan klub rahbari tomonidan suhbat o‘tkazish asosida saralab olinadi, qatnashchilarning asosiy tarkibini 16-28 yoshdagi fuqarolar tashkil etadi, ro‘yxati Federatsiya raisining buyrug‘i bilan tasdiqlanadi.
3.3. Jamoatchi nazoratchilar klubining boshqaruv organi Oʻzbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi bo‘lib, Federatsiya raisining buyrug‘i bilan tashkil etiladi va tarqatiladi.
3.4. Jamoatchi nazoratchilar klubi rahbari Federatsiya raisining buyrug‘i bilan tasdiqlanadi.
IV. QATNASHCHILARNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI
4.1. Jamoatchi nazoratchilar klubining qatnashchilari quyidagi huquqlarga ega:
4.1.1. o‘zining imkoniyatlari hamda bo‘sh vaqtiga qarab o‘zining qiziqishlariga to‘g‘ri keladigan yo‘nalishda faoliyat ko‘rsatish, Federatsiya va klubning o‘z malakasini oshirish imkoniyatlaridan foydalanish;
4.1.2. turli volontyorlik tadbir va tanlovlarida ishtirok etish;
4.1.3. ommaviy axborot vositalari va boshqa ijtimoiy tarmoq kanallarida chiqishlar qilish;
4.1.4. a’lo faoliyti uchun moddiy va ma’naviy rag‘batlantirilish;
4.1.5. volontyorlik faoliyatida erkin faoliyat yuritish va uni tugatish.
4.2. Jamoatchi nazoratchilar klubining qatnashchilari quyidagilarga majbur:
4.2.1. mazkur Nizom bilan tanishib chiqish, Nizomning talab va qoidalarini tan olish, ularga rioya qilish va bajarish;
4.2.2. klub rahbarining yo‘riqlariga amal qilish;
4.2.3. klubning asosiy maqsad va vazifalariga og‘ishmay amal qilish;
4.2.4. klub faoliyatida faol ishtirok etish, tadbirlarni rejalashtirish va o‘tkazishda amamliy yondashish, jamoa va ko‘pchilikka bo‘ysinish;
4.2.5. klubning ichki tartibiga rioya etish;
4.2.6. mehnatni muhofaza qilish talablariga, texnologiya intizomiga, mehnat xavfsizligi va ishlab chiqarish sanitariyasi qoidalariga rioya etish;
4.2.7. Federatsiyaning mol-mulkiga nisbatan ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish;
4.2.8. insonlarning hayoti va sog‘lig‘iga, Federatsiyaning mol-mulki but saqlanishiga tahdid soladigan vaziyat yuzaga kelganligi to‘g‘risida klub rahbariga darhol xabar qilish;
4.2.9. korrupsiyaviy hatti-harakatlarda qatnashmaslik, shu jumladan g‘ayriqonuniy imtiyozlarni olish yoki boshqacha tarzda g‘ayriqonuniy maqsadlarda o‘zining yoki boshqa shaxslarning harakatlari yoki qarorlariga ta’sir qilish uchun pul mablag‘larini yoki boshqa qimmatliklar ko‘rinishida olmaslik, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik;
4.2.10. xushmuomala, iltifotli, odobli, e’tiborli, fuqarolar bilan munosabatda sabr-toqatli bo‘lish, fuqarolarga nisbatan qo‘pollik qilmaslik, odamlarning sha’ni va qadr-qimmatini kamsitmaslik, ularga asossiz psixologik va jismoniy ta’sir ko‘rsatmaslik;
4.2.11. oʻz faoliyati davomida Federatsiya manfaatlarini koʻzlab ish tutish va oʻz vazifalarini vijdonan va oqilona bajarish.
V. KLUB RAHBARINING HUQUQLARI
5.1. Jamoatchi nazoratchilar klubi rahbari quyidagi huquqlarga ega:
5.1.1. Jamoatchi nazoratchilar klubining Nizomi talab va qoidalariga to‘g‘ri kelmaydigan tadbirlarni tashkil etish va ularda ishtirok etishni rad etish;
5.1.2. Jamoatchi nazoratchilar klubining qatnashchisini u o‘z majburiyatlarini bajarmagan holda klub a’zoligidan chqarish yuzasidan taklif kiritish;
5.1.3. Jamoatchi nazoratchilar klubining qatnashchisiga boshqa faoliyat yo‘nalishini tanlash taklifini kirirtish;
5.1.4. Jamoatchi nazoratchilar klubining qatnashchisidan jamoat tartibiga rioya qilishni, xushmuomala, iltifotli, odobli, e’tiborli, fuqarolar bilan munosabatda sabr-toqatli bo‘lishi, ularni hurmat qilishi, fuqarolarga nisbatan qo‘pollik qilmasligi, odamlarning sha’ni va qadr-qimmatini kamsitmasligi hamda Federatsiyaning mol-mulkiga nisbatan ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishini talab qilish;
5.1.5. a’lo faoliyti uchun klub a’zosini moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish yuzasidan taklif kiritish;
5.1.6. volontyorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, klub qatnashchilarining malakasini oshirish.
VI. JAMOATCHI NAZORATCHILAR KLUBINI BOSHQARISHNING ASOSIY TAMOYILLARI
6.1. Jamoatchi nazoratchilar klubining rahbari:
6.1.1. Jamoatchi nazoratchilar klubining faoliyatini tashkil etadi;
6.1.2. Jamoatchi nazoratchilar klubiga beg‘araz foydalanish uchun berilgan mol-mulkning saqlanishi va undan maqsadli foydalanilishini ta’minlaydi;
6.1.3. mehnatni muhofaza qilish talablariga, texnologiya intizomiga, mehnat xavfsizligi va ishlab chiqarish sanitariyasi qoidalariga rioya etilishini ta’minlaydi;
6.1.4. Jamoatchi nazoratchilar klubining qatnashchisini mazkur Nizom talab va qoidalari asosida rag‘batlantirishni va intizomiy ta’sir ko‘rsatish choralarini qo‘llashni tashkil etadi;
6.2. Jamoatchi nazoratchilar klubi yetakchisi:
6.2.1. Jamoatchi nazoratchilar klubida pozitiv ma’naviy-ruhiy muhitning shakllanishiga harakat qiladi;
6.2.2. Jamoatchi nazoratchilarning shaxsiy sifatlarining, qatnashchilar faolligining va ijtimoiy foydali mehnat fazilatlarining o‘sishiga harakat qiladi;
6.2.3. Jamoatchi nazoratchilar klubi oldiga qo‘yilayotgan vazifalarni qatnashchilarga yetkazadi;
6.2.4. Jamoatchi nazoratchilar klubi qatnashchilarining madaniy dam olishini tashkil etadi;
6.2.5. Jamoatchi nazoratchilar klubi yetakchisi klub qatnashchilari tarkibidan umumiy yig‘ilishda saylanadi, volontyorlik asosida faoliyat ko‘rsatadi.
6.3. Jamoatchi nazoratchilar klubining rahbari Federatsiya xodimlari tarkibidan buyruq bilan tayinlanadi, klubga belgilangan vazifalar ijrosi va klub qatnashchilari o‘rtasidagi sog‘lom ma’naviy-ahloqiy muhitni ta’minlash uchun shaxsan javobgardir.
VII. JAMOATCHI NAZORATCHILAR KLUBI QATNASHCHISI FAOLIYATINI RAG'BATLANTIRISH SHAKLLARI
7.1. Jamoatchi nazoratchilar klubi qatnashchilari klubi rahbarining tavsiyasiga ko‘ra Federatsiya tomonidan quyidagi tartibda rag‘batlantirilishi mumkin: