Telegram-bot Virtual qabulxona

14.08.2023

Yangi xonadon sohibi nimadan norozi?

Soʼnggi yillarda yurtimizda amalga oshirilayotgan shaharsozlik, zamonaviy qurilish ishlarining natijasi oʼlaroq yurtimiz koʼrkamlashib bormoqda. Innovatsion qurilish jarayoni hamda oʼzgacha dizaynda qurilgan koʼp qavatli uylar tuman va shahar markazlarida qad rostlagani quvonarli albatta. Аmmo quruvchi korxonalar tomonidan yoʼl qoʼyilgan kichik kamchiliklar isteʼmolchilar uchun katta muammoga, mijoz va sotuvchi oʼrtasida mojaroga aylanishi mumkin.

Isteʼmolchi Z.R joriy yilda "Marsiyan Plyus" MChJ tomonidan qurilgan koʼp qavatli uydan 385.000.000 soʼmga xonadon xarid qilgan. Аmmo qurilish ishlari yakuniga yetmasdan topshirilgan kvartiraning hozirgi kunga qadar kamchiliklari bartaraf etilmaganidan, masʼullar tomonidan ushbu muammo eʼtiborsiz qolayotganligidan fuqaro norozi. Ushbu masalani hal qilib berish uchun fuqaro Buxoro viloyat isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish hududiy birlashmasiga murojaat qiladi.

Qisqa fursatda Buxoro shahar jamiyati tomonidan murojaat oʼrganilib, qurilishdagi kamchiliklar toʼliq tuzatildi. Quruvchi tashkilot masʼullariga bu kabi kamchiliklarga yoʼl qoʼymaslik boʼyicha tushuntirish berildi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00