Telegram-bot Virtual qabulxona

30.08.2023

Iste`molchilar manfaatlari ustuvor

Hozirgi kunda savdo do‘konlari tomonidan “Muddatli to‘lov asosida to‘lang!” degan yozuvlarga ko‘zimiz tushadi. Ammo shartnoma tuzilayotganda shartnomada keltirilgan to‘lov jadvaliga hamma ham e’tibor beravermaydi xuddi shunday holat yuzasidan Zarafshon shahar iste’molchilar huquqalarini himoya qilish jamiyatiga joriy yilning 23-avgust kuni Zarafshon shahar 3-kichik tuman 26-uy 32-xonadonda yashovchi fuqaro M. A. tomonidan og‘zaki murojaat kelib tushdi.

Murojaatda keltirilishicha fuqaro Zarafshon shahar1-kichik tuman Bahor ko‘chasida joylashgan savdo markazidan narxi 5 892 000 (besh million sakkiz yuz to‘qson ikki) ming so‘mga 12 oyga muddatli to‘lov asosida “Redmi 12s” rusumli telefon sotib olganligi lekin ushbu telefonning quvvatlanish qismida muammolar yuzaga kelganligini hamda ushbu muddatli to‘lov oylarini uzaytirsh yuzasidan amaliy yordam so‘rab murojaat qilgan.

Murojaat jamiyat mas’ul xodimlari tomonidan o‘rganib chiqildi va ushbu savdo do‘koni xodimlariga O‘zbekiston Respublikasi “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunlarining tegishli moddalari tushuntirib o‘tildi. Shundan so‘ng fuqaro roziligi bilan ushbu savdo do‘koni hamda fuqaro o‘rtasida 12 oyga tuzilgan shartnoma shartlari o‘zgartirilmagan holda ushbu muddat 15 oyga qilib uzaytirilib, telefon aparati ishchi holatda topshirildi. Murojaat ijobiiy yechim topdi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00