Telegram-bot Virtual qabulxona

04.07.2023

2 million 400 ming so'mlik nosoz gaz plita yangisiga almashtirildi

Boysun tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga tumanning "Shirinobod" mahallasida yashovchi fuqaro D.X. tomonidan murojaat kelib tushgan.

Unda keltirilishicha, fuqaro Boysun tumani “At-Termiziy” ko'chasida joylashgan xususiy savdo do'konlarining biridan 2 million 400 ming so'mga gaz plita xarid qilgan. Ammo ko'p vaqt o'tmay, tovar nosoz holga kelib qolgan. Do'kon ma'muriyati esa nuqsonlarni rad etgan.

Vaziyat yuzasidan jamiyat xodimlari tomonidan do`kon sotuvchisi ishtirokida o'rganish o'tkazilganida haqiqatan ham tovarda nuqsonlar borligi aniqlandi. Natijada, sotib olingan gaz plita nosozligi sababli, yangisiga almashtirib berildi.

 


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00