
11.03.2025
Boysun tumani "Chilonzor" mahallasida yashovchi fuqaro N.A. joriy yilning 20-fevral kuni Sherobod tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qoldirgan.
Unda keltirilishicha, fuqaro Sherobod tumanidagi avtosalon filiallarining biri bilan shartnoma tuzib, “Cobalt” rusumli avtomashina uchun boshlang‘ich 114 420 557 so'm qiymatdagi to‘lovni amalga oshirgan. Ammo shartnomada belgilangan vaqtda avtomashina yetkazib berilmagan.
Holatni tuman jamiyat xodimlari atroflicha o‘rganib chiqishdi hamda tomonlarga amaldagi qonun va shartnomadagi ko‘rsatmalar yuzasidan tushuntirish berishdi. Natijada, fuqaroga 10 kun ichida “Cobalt” avtomashinasi yetkazib berildi.