Telegram-bot Virtual qabulxona

29.11.2024

7 yarim million soʻmlik sifatsiz “Shivaki” konditsioneri yangisiga almashtirib berildi

Norin tumani Bobur MFY Nizomiy koʻchasida yashovchi fuqaro I.Z. tuman isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga yozma murojaat qilgan.

Mazkur murojaatga koʻra, fuqaro 2024-yilning noyabr oyida maishiy texnika savdo doʻkonidan 7 500 000 soʻmlik konditsioner sotib olgan. Konditsioner isteʼmolchi  uyiga oʻrnatilib berilganidan keyin, oradan koʻp vaqt oʻtmay, nuqsoni borligi aniqlangan. Doʻkon rahbariyati esa isteʼmolchining shikoyatlariga eʼtibor bermasdan, konditsionerni almashtirib berishdan bosh tortgan.

Norin tuman jamiyat xodimlari tomonidan doʻkon rahbariyatiga tushuntirish ishlari olib borilganidan soʻng, 7 500 000 soʻmlik konditsioner yangisiga almashtirib berildi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00