05.08.2021
Bugungi kunda respublikamiz aholisini COVID-19 ga qarshi vaksinatsiyadan oʻtkazish muhim jarayon sanaladi. Jamiyatda ijtimoiy immunitetning shaklanishi kasallikka qarshi kurashishda bosh omil boʻlib xizmat qilmoqda.
Bu borada Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi koronavirus infeksiyasini oldini olish maqsadida amalga oshirilayotgan ommaviy vaksinatsiya jarayonlarida tizim xodimlari bilan faol ishtirok etishni maqsad qilgan.
Ushbu jarayondaBugun, Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatalari federatsiyasi raisi J.Sarimsoqov boshchiligida Federatsiya markaziy apparati va hududiy tuzilmalarining 1200 nafardan ortiq ishchi-xodimlari ishtirok etib, emlashning birinchi bosqichini toʻliq muvaffaqiyatli yakunlashdi.
Qayd etish joizki, bugungi kunga kelib esa, davlatimizda kasallikka qarshi vaksinatsiya jarayonlarini toʻlaqonli tashkil etishda hech qanday muammo boʻlgani yoʻq. Eng muhimi, mavjud vaksinalar toʻliq tekshiruvdan oʻtgan.
Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi ijtimoiy tarmoqlardagi asoslanmagan, yolgʻon maʼlumotlarga ishonmasdan, tibbiyot xodimlari tomonidan vaksina olishi tavsiya etilgan barcha isteʼmolchilardan mazkur jarayondan tezroq oʻtishlarini soʻrab qoladi. Oʻzimiz va yaqinlarimizning sogʻligiga masʼulmiz.
Tibbiyot xodimlarining bergan tavsiyalariga amal qilsak, barchasi yengil kechadi.
Oʻylaymizki, vaksina qabul qilish, odatdagi hayotimizga qaytishning yagona chorasidir.
Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish
jamiyatlari federatsiyasi Matbuot xizmati