Telegram-bot Virtual qabulxona

21.06.2024

Konditsioner uchun tuzilgan kredit shartnomasi bekor qilindi

Navbahor tumani "Paxtakor" mahallasida yashovchi fuqoro A.E. xarid qilgan konditsionerining kelishuvdagi narxdan qimmat hisoblanganidan norozi bo'lib, ushbu masalada O’zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining 1091 qisqa raqamli ishonch telefoni orqali murojaat qoldiradi. 

Bildirilishicha, iste'molchi tuman markazida joylashgan savdo do‘konlarining biridan kredit shartnomasi asosida “Premier” markali konditsionerni muddatli to‘lov sharti bilan umumiy hisobda 5 600 000 so‘mga sotib olgan va oldindan 1 100 000 so‘m to‘lovni amalga oshirgan. Biroq keyinchalik sotuvchi kredit narxini kelishuvdagidan yuqori, ya'ni 7 600 000 so‘m miqdorda to‘lashini aytgan va iste’molchi shartnomani bekor qilishini so‘ragan bo‘lsa-da, rad javobini bergan.

Murojaat Navbahor tuman jamiyati tomonidan o‘raganilib, sotuvchiga iste’molchining huquqlari tushuntirilgach, tuzilgan kredit shartnomasi bekor qilinib, oldindan to‘lov qilingan pul mablag‘i iste'molchiga qaytarilishiga erishildi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00