
12.08.2024
Global o‘zgarishlar va tezlashayotgan asrimizda turli sabablar tufayli, inson asab tolalari tez charchaydi va turli kasalliklarni keltirib chiqaradi. Davolanish istagida bo‘lgan ko‘pgina bemorlar xususiy klinikalar xizmatidan foydalanishadi.
Buxoro tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro N.J. ham asab kasalliklarini davolash maqsadida Buxoro shahrida joylashgan xususiy klinikaga tashrif buyurgan. Davolash jarayonida va’da qilingan o‘zgarishlar sezilmagan, ammo 5 000 000 so‘m to‘lovni amalga oshirgan.
Bu bo‘yicha Buxoro viloyat iste’molchilar huquqlarini himoya qilish hududiy birlashmasiga murojaat qilish orqali fuqaroning muammosi tezda o‘z yechimini topdi. Klinika mas’ullariga hududiy birlashma xodimlari tomonidan kerakli tushuntirishlar berilgach, iste’molchiga 5 000 000 so‘m to‘lov to‘liq qaytarib olib berildi.