Telegram-bot Virtual qabulxona

19.07.2024

Moddiy va ma'naviy zarar iste'molchi foydasiga undirildi

Kegeyli tumani "Nurli bo'stan" OFYda yashovchi fuqaro T.M. "Humo Airs" MCHJdan Toshkent-Nukus yo'nalishi bo'yicha 1 051 000 soʻmga aviachipta xarid qilgan. Ammo reys bekor qilingan, chipta puli esa qaytarilmagan va iste'molchi tegishli tashkilotga murojaat qilishga majbur bo'lgan.

Ushbu murojaat tegishliligi bo'yicha Kegeyli tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan o'rganilib, mas'ullarga qonunning tegishli moddalari haqida tushunchalar berildi. Natijada, aviachipta puli hamda yetkazilgan ma'naviy zarar, jami 1 321 772 so'm isteʼmolchi foydasiga undirib berildi.

 


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00