Telegram-bot Virtual qabulxona

20.09.2024

2 yarim million so'mlik nuqsonli telefon apparati sifatlisiga almashtirildi

Uchko‘prik tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan "Yangibog‘" mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi Q.A.ning muddatli to‘lov shartlari asosida 2 520 000 so‘mga sotib olgan telefonida nuqson aniqlangani va bu borada sotuvchiga qilgan murojaati ijobiy yechim topmay kelayotgani xususidagi murojaati o‘rganildi.

Ma'lum bo‘lishicha, iste'molchi "RedMI 13 C" rusumli uyali aloqa vositasini tumandagi "Texnomart" savdo do‘konida faoliyat olib boruvchi tadbirkordan tovar qiymatini bo‘lib to‘lash shartlarida sotib olgan. Telefondan 10-15 kun foydalanishi jarayonida turli nuqsonlar kuzatilgach, bu borada sotuvchiga o‘z e'tirozlari bilan murojaat qilgan. Lekin uning ushbu murojaati masala tuman jamiyati tomonidan o‘rganilishi kuniga qadar ijobiy yechim topmay kelgan.

Tuman jamiyati mutaxassislari tomonidan murojaatni o‘rganish jarayonida sotuvchiga amaldagi qonunchilik talablarini o‘zida aks ettirgan so‘rov xati kiritilgach, sotuvchidan iste'molchi aniqlangan nuqsonlar bo‘yicha tovarni do‘konga olib kelgani, tovar servis markaziga yuborilgani va servis markazi xulosasiga ko‘ra, tovarda nuqson (zavodskoy brak) aniqlangani ma'lum qilindi. O‘rganish ishlari esa nuqsonli deb topilgan telefon apparatini boshqa, xuddi shu markadagi maqbul sifatdagisiga almashtirib berilishi bilan yakun topdi.

 


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00