Telegram-bot Virtual qabulxona

12.09.2023

5000 AQSh dollari iste'molchiga qaytarildi

Rishton tumani "Dorul-Omon" MFY hududida yashovchi fuqaro M.D.ning Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali O‘zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasiga kelib tushgan murojaati Rishton tuman jamiyati mutaxassislari tomonidan o‘rganildi.

Iste'molchi murojaatida tumandagi qurilish tashkilotlaridan birida rahbar bo‘lib ishlovchi F. ismli shaxsga qurilayotgan yangi uylardan birini xarid qilish uchun 5000 AQSh dollariga teng qiymatdagi pul mablag‘ini berganligini, lekin u shaxs oradan ma'lum vaqt o‘tgach, unga uyni topshirmasdan, pulini qaytarmoqchi bo‘layotganligini ma'lum qilib, masalaga oydinlik kiritilishi va hal qilinishida amaliy yordam so‘ragan.

O‘rganish ishlari davomida murojaatda ko‘rsatilgan shaxs hech qanday qurilish tashkiloti rahbari emasligi, balki vositachilik (maklerlik) faoliyati bilan shug‘ullanishi, yuqorida ko‘rsatilgan miqdordagi pul mablag‘ini olganini, uy qurilishi yakunlanayotgani sababli, murojaat egasiga yana 5000 AQSh dollariga teng bo‘lgan miqdorda pul berishi kerakligini aytganini, lekin u bu pulni berishni istamayotganini, uyga boshqa xaridorlar borligidan kelib chiqqan holda, iste'molchiga pulni qaytarib bermoqchiligini ma'lum qildi.

O‘rganish davomida tomonlarga amaldagi iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik talablari targ‘iboti o‘tkazilib, iste'molchi va makler o‘rtasida muzokaralar olib borildi. O‘rganish yakunlari bilan ikki tomon olingan pul mablag‘ini valyuta kurslarida bo‘lgan o‘zgarishlarni kompensatsiya qilish yo‘li bilan qaytarilishiga kelishib oldilar. Iste'molchining pul mablag‘i unga to‘liq qaytarilib, murojaat ijobiy hal etilishiga erishildi.

 


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00