Telegram-bot Virtual qabulxona

16.05.2023

Sifatsiz tovarlar puli o'z egasiga qaytarildi

Namangan shahar iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga To'raqo'rg'on tumani "Temirqishloq" mahallasida yashovchi Sh.Y. tomonidan murojaat kelib tushgan.

Unga ko'ra, fuqaro 2023-yil 14-fevral kuni Namangan shahridagi O'zbekiston Karlar jamiyati rahbari B.A.dan 200 ta paxta matras, 250 ta choyshabni ja’mi 48 200 000 so‘mga sotib olgan. Ammo mahsulot sifati o‘ta pastligi sababli, murojaatchi tovarlarni qaytarib bergan. B.A. esa fuqaroga 25 million so‘m qarzini to'lamagan.

Jamiyat mutaxassislari tomonidan olib borilgan tushuntirish ishlari natijasida, murojaatchiga 25 million so‘m undirib berishga erishildi.

 


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00