Telegram-bot Virtual qabulxona

17.04.2023

929 milliondan ortiq pul mablag'i iste'molchilar foydasiga qayta hisob-kitob qilindi

Namangan shahar isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga Namangan shahar va Yangi Namangan tumani aholisi tomonidan “Namangan Musaffo iqlim” MCHJ Namangan shahar filialining 2023-yil yanvar, fevral oylarida qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib ketish boʻyicha sifatli xizmat koʻrsatmagani toʻgʻrisida murojaatlar kelib tushgan.

Namangan shahar va Yangi Namangan tumanidagi 69 ta MFY “Namangan Musaffo iqlim” MChJ  bilan shartnoma imzolagan. Ammo qish mavsumidagi anomal sovuq vaqtida korxona avtomobillari va maxsus texnika vositalariga yonilgʻi quyish boʻyicha muommolar yuzaga kelgani sababli, yanvar, fevral oylari davomida qatnov grafigi yo'nalishi boʻyicha MFYlarga toʻliq xizmat koʻrsatish imkoni boʻlmagan.

Oʻrganish natijalariga koʻra, korxona tomonidan qattiq maishiy chiqindilarni to'plash va olib ketish bo'yicha toʻliq xizmatlar koʻrsatilmagan davrlar uchun jami 929 850 000 (to’qqiz yuz yigirma to’qqiz million sakkiz yuz ellik ming) so`m toʻlovlarning aholidan undirilishi bekor qilindi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00