Telegram-bot Virtual qabulxona

28.06.2022

Poydevori yolg`on, g`ishti omonat uylar...

    Ota-bobolarimiz farzandlarini ayniqsa, o`g`il bolalalarni er yigit qilib tarbiya qilish uchun bergan va’dasiga vafoli bo`lishni, o`z so`zini ustidan chiqishni o`rgatishgan. “Va’daga vafo mardning ishi, va’dasiz subutsiz kishi...” deya bejizga aytishmagan. Bugun jamiyatimizning turli sohalarida va’dabozlikni o`ziga kasb qilib olgan, yolg`on bilan non topib ro`zg`or tebratayotganlar ham oramizda ko`p afsuski. O`zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federasiyasiga turli qurilish korxonlarining yolg`onlari qurboni bo`layotgan yurtdoshlarimiz murojaatlari kelib tushmoqdaki, bularni kuzata turib, uy-joy qurilishida ham turli uyinlar ko`payib ketayotganiga guvoh bo`lasan kishi. Kimnidir norozi qilib topilgan rizqda baraka ham, halovat ham bo`lmasligi aniq. Biroq buni inobatga olmayotganlar kimsalar ham bor ...  Namangan shahar, “Obi hayot” MFY yashovchi iste’molchi Mirzaev Xusan 2022 yil 6 iyun kuni, O`zbekiston iste’molchilar xuquqlarini himoya qilish jamiyatlari federasiyasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasiga qilgan murojaatida bayon qilinishicha, “Obi-hayot” MFY joylashgan, hozirda o`zi istiqomat qilayotgan uyni 290.000.000 so`mga  xarid qilgan.  Namangan shahar  “San Tex Polimer” xususiy korxonasi tomonidan  foydalanishga topshirilgan yangi uyning qurulish ishlar yakuniga yetkazilmasdan topshirilganidan  norozi bo`lgan. Namangan shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimlari tomonidan holat o`rganildi. O`rganish jarayonida, Namangan   shahar  “San Tex Polimer“ xususiy qurulish korxonosi tomonidan qurulish  ishlari yakuniga yetkazilishi lozimligi va ushbu korxona mas’ul shaxslari bilan jamiyat xodimlari olib borilgan tushuntirish ishlari natijasida uyning qurilish ishlari yakuniga yetkazilmagan qismi to`liq yakunlanib, quruvchilar tomonidan murojaatchiga topshirildi. Uy-joy bilan bog`liq muammolar ko`pligidan, bu tizimda nazoratni kuchaytirish, xususiy sektor nazoratiga ham alohida e’tibor qaratish lozimga o`xshamoqda! Jizzax shahrida yashovchi Sherzod Mamadiyev ham “Sangzor dizayn qurilish” MChJ dan norozi bo`lib, Jizzax viloyati iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamityatiga murojaat qoldirgan. Murjaat yuzasidan jamiyat xodimlari o`rganish ishlarini olib bordi. Uning noroziligi shundaki, iste’molchi “Sangzor dizayn qurilish”   MChJ tomonidan qurilayotgan uylardan birini xarid qilish uchun 96 867 000 so`m to`lagan. Yangi uy 2021 yilda foydalanishga topshirilishi lozim edi. Ammo bugunga qadar qurilish ishlari yakunlanmagan. Jizzax viloyati iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimlari qurilish korxonasi mas’ullariga qilgan tushuntirish ishlari besamar ketdi. Shundan so`ng Jamiyat bu masalani sudga oshirdi. Jizzax viloyati iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati sudda iste’molchining huquqini imkon doirasida himoya qildi. 2022 yil 16 iyun kuni Fuqarolik ishlari bo`yicha Jizzax tumanlararo sudi iste’molchining foydasiga uy uchun to`lagan puli va ma’naviy zarari uchun 11 315 250 so`m penya undirib berilsin deya qaror chiqardi. Bugun qurilayotgan uyini kutayotganlar, yoki endigina ko`chib o`tgan uyida bir dunyo muammolarga duch kelayotgan iste’molchilarimiz talaygina. “Mendan ketguncha, egasiga yetguncha...” qabilida ish qilayotgan qurilish korxonalari ko`payib ketdi. Uy bu-Vatan. Unda inson yangi avlodni voyaga etkazadi. Har bir go`dak xavfsiz, chiroyli, barcha sharoitlarga ega uyda o`sib-ulg`ayishga haqli. Har bir inson o`z uyida hotirjam, halovatda yashashga haqli...Shunday ekan ba’zi bir qo`shtirnoq ichidagi quruvchilarga shunday deymiz: “Siz qurgan uylarda taqdirlar yaraladi”.  Kimlarnidir aldab, yillar davomida kutishga majbur qilib, yana qurilishini tugatmay uy qurib- topshirish orqali baraka topib bo`lmaydi. Har qanday biznesning rivoji- iste’molchilarning ishonchi bilan belgilanishi bugun ayon bo`lgan haqiqat emas!

 

                                                                                Gulnoza Sharafova,

                                                                                   Jurnalist

 


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00