
30.05.2024
Yangiariq tumani "Chaqir" mahallasida yashovchi S.Sh. tomonidan tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat kelib tushgan.
Unga ko'ra, fuqaro 2023-yil dekabr oyida tuman markazida joylashgan Bibixonim savdo shaxobchasidan 5 000 000 so'mga elektr energiyasida ishlaydigan "ART-M6-3580" rusumli go'sht maydalagich sotib olgan. Ammo yaroqlilik muddati tugamasdan nosoz holatga kelib qolgan maishiy texnika vositasini do'kon servis markazi xodimlari ta'mirlab berishni paysalga solgan.
Ushbu murojaat jamiyat xodimlari tomonidan o'rganib chiqildi va belgilangan muddatda uskunani do'kon sotuvchisi va servis xizmati ko'rsatish korxonasi xodimlari bilan hamkorlikda to'liq ta'mirlab berilishi ta'minlandi.