Telegram-bot Virtual qabulxona

22.06.2023

Asossiz qarzdorliklar bartaraf etildi

Beshariq tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga "Dehqonobod" MFY "Guliston" ko‘chasida yashovchi bir guruh fuqarolar tomonidan murojaat kelib tushgan.

Unda keltirilishicha, murojaatchilar yashaydigan hududda "Ferghana Special Trans" MChJ tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar bo‘yicha noreal qarzdorliklar yuzaga kelgan.

Fuqarolar murojaatlari asosida olib borilgan o‘rganish ishlari davomida korxonaning hududga nazoratchi vazifasiga biriktirilgan mas'ul xodimi tomonidan fuqarolarni amaldagi tartib va qoidalar bilan yetarli darajada tanishtirilmaganligi hamda hududdagi xonadonlarda yashovchi oilalar va ularning a'zolari soni bo‘yicha tegishli tartibdagi tasdiqlovchi dalolatnomadan iborat ma'lumotni korxona rahbariyatiga taqdim etmaganligi sababli, abonentlarda ortiqcha qarzdorliklar yuzaga kelganligi kuzatildi.

O‘rganish yakunlariga ko‘ra, korxona rahbari nomiga so‘rov xati kiritilib, ko‘rsatilmagan xizmatlar uchun ortiqcha hisoblangan qarz majburiyatlarini hisobdan chiqarish talabi qo‘yildi. Korxona rahbariyati mazkur so‘rov xati asosida "Guliston" ko‘chasida istiqomat qiluvchi 7 nafar fuqaro xonadoni uchun hisoblangan qarzdorliklar qayta hisob-kitob qilinib, ularga nisbatan hisoblangan jami 816 000 so‘m asossiz qarzdorliklarni bartaraf qilinganligini va ushbu summalar mos ravishda ularning shaxsiy hisob varag‘idan chiqarilishi ta'minlanganligini ma'lum qildi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00