Telegram-bot Virtual qabulxona

04.04.2023

8 million 712 ming so'mlik nosoz muzlatgich yangisiga almashtirildi

Chiroqchi tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga 27-mart kuni tumanning "Kishmishtepa" mahalla fuqarolar yig'inida yashovchi fuqaro Sh.L. tomonidan murojaat kelib tushgan.

Unga ko'ra, fuqaro Chiroqchi shahrida joylashgan maishiy texnika savdo do'konidan 8 million 712 ming so'mga "Shivaki" rusumli muzlatgich xarid qilgan. Uyiga olib kelganidan so'ng, sotuvchi tavsiyasiga asosan, 24 soat o'tib, ishlatib ko'rgan. Ammo oradan 72 soat o'tishiga qaramay, muzlatgich mahsulotlarni sovitmagani sababli, iste'molchi savdo do'koniga murojaat qilgan. Servis xodimlari fuqaroga muzlatgich sizning aybingiz bilan buzilgan, ya'ni, sotuvchi ko'rsatmasiga rioya qilmasdan, muzlatgichni uyingizga kiritgan zahoti darrov ishlatib yuborganligingiz oqibatida, texikada nuqson paydo bo'lgan, degan xulosa bergan.

Holat yuzasidan tuman jamiyati mutaxassislari o'rganish ishlari olib borib, savdo do'koni rahbariyatiga amaldagi qonunchilik talablari tushuntirildi. Natijada, nosoz muzlatgich yangisiga almashtirib berildi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00