Telegram-bot Virtual qabulxona

18.09.2024

Salkam 4 million so'm pul mablag'i iste'molchiga qaytarildi

Quvasoy shahar iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan shaharning A.Azizov ko‘chasida yashovchi B.X.ning 3 700 000 so‘mga sotib olgan idishlar to‘plami iste'molga yaroqsiz chiqqani xususidagi yozma murojaati o‘rganildi.

Iste'molchiga ko‘ra, u ro‘zg‘orda ishlatiladigan idish-tovoqlar to‘plamini Marg‘ilon shahridagi "Ipakchilar buyum bozori" hududidagi savdo do‘konidan xarid qilgan. Ammo xonadonda ko‘zdan kechirilganda to‘plam ichidagi idishlarning ayrimlari foydalanishga yaroqsizligi aniqlangan. So'ng, fuqaro ularni sotuvchiga qaytarib olib borganida, mas'ullar nuqsonli tovarni almashtirib berishdan bosh tortgan. 

Mazkur murojaat o‘rganilishi jarayonida, amaldagi qonunchilikka ko‘ra, iste'molchi o‘ziga sotilgan to‘plamning mustaqil tarkibiy qismi bo‘lgan buyumda nuqsonlar borligini aniqlagan taqdirda, o‘z e'tirozini butun to‘plamga nisbatan ham, ularning nuqsonlari bor mustaqil tarkibiy qismlariga nisbatan ham bildirishi va qonuniy talablarini qo‘yishi mumkinligidan kelib chiqib, sotuvchiga bu borada tushuntirishlar berildi. Natijada, tovar uchun to‘langan pul summasi iste'molchiga qaytarilishiga erishildi.

 


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00