
11.09.2023
Yoz-kuz mavsumi asosan dehqonchilik va chorvachilik bilan shug‘ullanadigan aholi qatlami uchun o't o‘rish, qish mavsumiga g‘amlash payti hisoblanadi. Oldinlari ushbu jarayon qo‘l mehnati, o‘roq yordamida bajarilgan bo‘lsa, hozirda qator texnika vositalari o‘t o‘ruvchilarga dastyor. O‘t o‘rish moslamalarining soni va rusumini esa sanab ado qila olmaymiz.
Jondor tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro J.A. tuman markazida faoliyat ko‘rsatuvchi tadbirkordan 1 700 000 so‘m evaziga o‘t o‘rish moslamasi xarid qilgan. Ammo foydalanish chog‘ida uskuna nosoz ekanligi ma'lum bo'lgan. Tadbirkorga bir necha marotaba arz qilishidan naf chiqmagach, fuqaro yordam so‘rab, Buxoro viloyat iste’molchilar huquqlarini himoya qilish hududiy birlashmasiga murojaat qilgan.
Jondor tuman jamiyati xodimlari tomonidan murojaat to‘laqonli o‘rganib chiqilishi natijasida, qurilmadagi nosozlik ishlab chiqaruvchi aybi bilan sodir bo‘lganligi aniqlandi hamda o‘t o‘rish moslamasi yangisiga almashtirib berildi.