
05.12.2024
Mingbuloq tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga To’raqo’rg’on tuman "Axsi" MFY da yashovchi fuqaro S.N. yozma ariza bilan murojaat qilgan.
Unda bayon etilishicha, iste’molchi “Mingbuloq dehqon bozori” hududida joylashgan ayollar kiyim rastasidan 1 000 000 so’mga palto sotib olgan. Ammo uni yashash xonadoniga olib borganida paltoda nuqsonlar borligi aniqlangan. Oradan 3 kun o’tgach, sifatsiz tovarni qaytarib olib borgan iste'molchi sotuvchidan rad javobini olgan.
Jamiyat xodimlari tomonidan murojaat o’z vaqtida joyiga borib o’rganilganida haqiqatan ham mahsulot nuqsonli ekanligi aniqlangan. Sotuvchiga “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to’g’risida”gi Qonunning tegishli moddalari tushuntirilishi natijasida, iste’molchi talabi bo’yicha to'langan 1 000 000 so’m pul mablag'i qaytarib berildi va murojaati ijobiy hal etildi.