Telegram-bot Virtual qabulxona

07.11.2024

Nuqsonli maishiy texnika bepul ta'mirlanib, iste'molchiga soz holatda topshirildi

Quva tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan tumanning "Gulobod" mahalla fuqarolar yig‘ini hududida yashovchi Z.S.ning muddatli to‘lov shartlarida xarid qilingan kir yuvish mashinasida aniqlangan nuqsonni sotuvchi tomonidan bartaraf qilib berish choralari ko‘rilmayotganligi to‘g‘risidagi murojaati o‘rganildi.

Iste'molchining so‘zlariga ko‘ra, u 11 339 930 so‘mga ART WF80L2344G rusumidagi avtomat kir yuvish mashinasi va "Samsung" rusumidagi changyutgichni tumandagi "Garant" savdo do‘konidan muddatli to‘lov shartnomasi asosida sotib olgan. Keyinchalik kir yuvish mashinasidan foydalanib kelishi jarayonida maishiy texnikada nuqson kuzatilgach, savdo do‘koniga bu borada murojaat qilgan. Xonadonga tashrif buyurgan ustalar tomonidan kir yuvish mashinasi texnik ko‘rikdan o‘tkazilib, sozlab berilgan bo‘lsa-da, oradan ma'lum vaqt o‘tib yana nuqson yuzaga chiqqan. So‘ng savdo do'koni tomonidan tegishli chora-tadbirlar ko‘rilmagan.

Iste'molchi murojaatini o‘rganish jarayonida sotuvchiga amaldagi qonunchilik talablari va mazkur talablarni bajarmaslik natijasda kelib chiquvchi oqibatlar tushuntirildi, shuningdek, servis markazi mas'ullari bilan bog‘lanilib, iste'molchi qo‘lidagi nuqsonli maishiy texnika bepul ta'mirlatib berildi.

 


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00