Telegram-bot Virtual qabulxona

14.06.2024

Iste'molchi qarzdor emas, haqdor boʻlib chiqdi

Qarshi tumani "Gʻubdin" mahallasida yashovchi fuqaro Z.N. tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga ariza bilan murojaat qilib, tabiiy gaz toʻlovlaridan asossiz qarzdorlik hisoblanayotganligidan noroziligini ma'lum qilgan.

Mazkur murojaat oʻrganilganda tuman gaz idorasida iste'molchi nomiga ikkita abonent raqami ochilganligi va tabiiy gaz toʻlovlari hisoblab borilishi oqibatida, 1 million 150 ming soʻm asossiz qarzdorlik vujudga kelganligi aniqlandi va amaldagi tabiiy gaz yetkazib berish qoidalari talablariga muvofiq hisoblangan qarzdorlik qayta hisob-kitob qilindi.

Oʻrganish jarayonida iste'molchi tuman gaz idorasidan qarzdor emas, aksincha, 455 700 soʻm haqdor ekanligi ma'lum boʻldi hamda hisoblangan noreal qarzdorlik bekor qilinishi ta'minlandi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00