Telegram-bot Virtual qabulxona

28.06.2024

2 150 000 soʻmlik nuqsonli velosiped sifatlisiga almashtirildi

Dehqonobod tumanida yashovchi fuqaro I.Sh. tumanda faoliyat olib boruvchi yakka tartibdagi tadbirkorga  qarashli savdo doʻkonidan 2 million 150 ming soʻmga velosiped sotib oladi. Ammo oradan biroz vaqt oʻtib, unda jiddiy nuqsonlar aniqlanadi. Ya'ni, velosipedning gʻildirak qismi mutlaqo yaroqsiz ekanligi ma'lum boʻladi. Sotuvchiga ushbu nuqsonli mahsulotni almashtirish haqida qilgan murojaati inobatga olinmaydi.

Tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan fuqaroning murojaati oʻrganilib, sotuvchiga amaldagi iste'molchilar huquqlarini himoya qilishga oid qonunchilik talablari tushuntirildi va nuqsonli velosiped shu rusumdagi boshqa sifatlisiga almashtirib berildi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00