05.03.2025
2024-yil dekabr oyida O’zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Xorazm viloyati hududiy birlashmasi Urganch shahar jamiyatiga Xonqa tumani "Qirq yop" qishlog'i "Do`rman" mahallasida yashovchi fuqaro O.B. tomonidan murojaat kelib tushgan.
Unga ko'ra, fuqaro 2023-yil 1-dekabr kuni Urganch shahrida joylashgan “UMID AUTO XIZMATI” MChJ bilan oq rangli "FAW SAVASVAL 10T" rusumli avtomashina uchun shartnoma tuzib, 81 096 100 so’m to'lovni amalga oshirgan. Ammo avtomashina shartnomada ko`rsatilgan muddatda yetkazib berilmagan.
O`rganish jarayonida murojaatdagi holatlar haqiqatligi isbotlandi va Urganch shahar jamiyati tamonidan Fuqarolik ishlari bo`yicha Uchtepa tumanlararo sudiga da`vo arizasi kiritildi. Sud qaroriga ko'ra, iste'molchi foydasiga 81 096 100 so`m pul mablag'i undirildi.