Telegram-bot Virtual qabulxona

20.01.2025

Bitta qarzdorlik yuzasidan ikkita sud buyrug‘i chiqarilgani ma'lum bo‘ldi

Marg‘ilon shahar iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan Farg‘ona shahar "Ko‘rkam" ko‘chasida yashovchi X.A.ning iste'mol krediti orqali olingan tovarlarga to‘lovni kechiktirganligi sababidan chiqarilgan sud buyrug‘i bo‘yicha qarzdorlikni bartaraf qilgan bo‘lsa-da, aynan shu masalada yana bir sud buyrug‘i chiqarilganligi holati yuzasidan qilgan murojaati o‘rganildi.

Ma'lum bo‘lishicha, iste'molchiga "TEXNO BOON" MChJdan kreditga olingan tovarlar uchun to‘lov kechiktirilishi ortidan 2024-yilning 21-dekabrida sud qog‘ozi kelib tushgan. U ushbu hujjat bilan MChJ huquqshunosiga uchrab, 2 273 514 so‘m asosiy qarzni bartaraf qilgan va davlat byudjetining tegishli hisobraqamlariga ishni sudda ko‘rilishi bilan bog‘liq 375 000 so‘m davlat boji va 18 750 so‘m pochta harajatlarini ham to‘lagan. Lekin 2025-yilinng 3-yanvar kuniga kelib uning qo‘liga xuddi shu mazmundagi yana bir sud buyrug‘i kelib tushgan. Shundan so‘ng, iste'molchi masalaga aniqlik kiritilishida amaliy yordam so‘rab, Marg‘ilon shahar iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilgan.  

Iste'molchi murojaatini o‘rganishda to‘plangan hujjatlar hamda yuqoridagi masala yuzasidan "TEXNO BOON" MChJ mas'ullaridan olingan ma'lumotlarga ko‘ra, yuqoridagi tushunmovchilik sudga aynan bitta masala yuzasidan arizani ikki marta kiritib yuborilishi ortidan kelib chiqqanligi ma'lum bo‘ldi. O‘rganish davomida texnik xatolik natijasida, sudga ikkinchi marta kiritilgan arizani ko‘rib chiqish natijasiga ko‘ra sud tomonidan 10.12.2024 yilda chiqarilgan sud buyrug‘ini bekor qilish bo‘yicha ishlar amalga oshirildi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00