
22.01.2024
Joriy yilning 11-yanvar kuni Jizzax viloyati Zomin tumani “Oqtepa” mahallasida yashovchi fuqaro X.Sh federatsiyaning 1091 qisqa raqamli ishonch telefoniga murojaat qilgan.
Unga ko'ra, fuqaro Zomin tumanidagi maishiy texnika savdo do‘konidan "RedMI-9" rusumli telefon apparatini muddatli to'lov asosida sotib olgan, ammo ushbu telefonning internet tarmog‘i ishlamayotganligidan norozi ekanligini bildirgan. Sotuvchi esa iste'molchi e'tirozini e'tiborsiz qoldirgan.
Mazkur murojaat Zomin tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan nazoratga olinib, do‘konda o‘rganish ishlari olib borildi. Natijada, fuqaroning telefon apparati yangisiga almashtirib berildi.