
18.07.2023
Parkent tumani "Zarkent" qishlog‘ida yashovchi fuqaro B.V. federatsiyaning 1091 qisqa raqamli ishonch telefoni orqali murojaat qilgan.
Unga ko'ra, fuqaro Parkent tumanidagi savdo do'konlarining biridan 2 million 100 ming so'mga "Samsung" rusumli telefon xarid qilgan, ammo unda nuqson borligi ma'lum bo'lgan. Sotuvchi esa tovarni almashtirib berishdan bosh tortgan.
Parkent tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan holat bo'yicha o'rganish ishlari o'tkazildi. Natijada,har ikki tomonning kelishuviga asosan, fuqaroga 2 100 000 so‘m miqdoridagi mablag‘ undirib berildi.