Telegram-bot Virtual qabulxona

06.12.2023

Telefon muammosi bartaraf etildi

      Pop tuman Pilol MFYda yashovchi fuqaro Q.Odan Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasining  1091 ishonch raqami orqali murojaat kelib tushdi.Unda bayon etilishicha fuqaro Pop tumanda joylashgan "Idea" kredit savdo doʻkonidan muddatli toʻlov asosida 5 000 000 (besh million) soʻmga "Samsung A 14 " rusumli telefon xarid qilib olgani,lekin ushbu telefon apparati ishlamay qolganligidan norozi ekanligini bildirgan.

     Pop tuman jamiyati mutaxassislari tomonidan murojaatni oʻrganish jarayonida "Idea" kredit savdo doʻkoni rahbari B.I bilan suhbat olib borilganda haqiqatdan ham muddatli toʻlov asosida 5 000 000 ( besh million) soʻmga telefon apparati xarid qilib olgani maʼlum etilgan.

      Oʻrganish yakunida qonunning tegishli moddalari haqida tushunchalar berilib, fuqaro Q.O xarid qilib olgan 5 000 000 (  besh million) soʻmlik telefon apparati jamiyat aralashuvi bilan xuddi shunday markasiga almashtirib berildi hamda ushbu murojaat ijobiy hal etildi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00