
18.09.2023
O`zbekiston istemolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining ,,ishonch telefoni”ga fuqaro A.A. tomonidan murojaat kelib tushgan.
Unda keltirilishicha, iste'molchi Urganch tuman buyum bozoridan 1 050 000 so’m evaziga ayollar ko`ylagini sotib olgan, biroq ushbu libos xonadonidagilarga yoqmagan. Shu sababli, uni almashtirish maqsadida sotuvchiga murojaat qilganida tovarni qaytarib olishdan bosh tortgan.
Murojaat Urganch shahar isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassis xodimlari tomonidan o'rganilib, "Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida"gi qonunning tegishli moddalari asosida murojaatchining huquqlari himoya qilindi va tadbirkor tamonidan fuqaroning 1 050 000 so’m puli qaytarib olib berilishiga erishildi.