Telegram-bot Virtual qabulxona

26.07.2024

500 AQSh dollarlik nosoz televizor sifatlisiga almashtirildi

2024-yil 20-iyun kuni O'zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining 1091 qisqa raqamli ishonch telefoni orqali Xorazm viloyati Urganch shahrida yashovchi D.Sh. tomonidan murojaat kelib tushgan.

Unga ko'ra, fuqaro 2024-yil 24-aprel kuni "Ilhom Texnomarket" do'konidan 500 AQSh dollarga "Moniks" rusumli televizor xarid qilgan. Ammo keyinchalik televizorning ekran qismi nosoz ekani aniqlangan. Do'kon xodimlari esa shu kungacha nuqsonli tovarni na ta'mirlab, na sifatlisiga almashtirib berishgan.

Holat bo'yicha Urganch shahar iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimlari ishtirokida o'rganish ishlari amalga oshirildi. Yakunda "llxom Texnomarket" do'koni ma'muriyati servis xulosasiga binoan, nosoz televizorni sifatlisiga almashtirib berishdi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00