
29.02.2024
Xorazm viloyati Yangibozor tumani "Yangiobod" mahallasida yashovchi fuqaro R.S. Oʻzbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federasiyasining 1091 qisqa raqamli ishonch telefoni orqali murojaat qilgan.
Unda keltirilishicha, murojaatchi 2024-yil 12-fevral kuni Gurlan tumanidagi "Aminov" savdo do'konidan 18 000 000 so'mlik elektromotosikl sotib olgan. Ammo bir kundan keyin uning nosozligi ma'lum bo'lgan. So'ng, fuqaro mas'ullardan ta'mirlab berishni yoki pulini qaytarishini so'ragan. Sotuvchi esa iste'molchining haqli talablarini rad etgan.
O'rganish jarayonida sotuvchiga va sotib oluvchi fuqaroga "Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish to'g'risida"gi qonunning hamda O'zbekiston Respublikasining 2003-yil 13-fevraldagi 75-sonli "Chakana savdo qoidalari"ning tegishli bandlari tushuntirildi. Shundan keyin o'zaro kelishuvga asosan, nosoz elektromotosikl ehtiyot qismlari sifatlisiga almashtirilib, bepul ta'mirlab berildi.