Telegram-bot Virtual qabulxona

16.02.2023

Gaz plita uchun to'langan 3 million 300 ming so'm o'z egasiga qaytarildi

Buxoro viloyati Buxoro tumani "Rabotiqalmoq" MFY da yashovchi fuqaro F.H Buxoro tuman istemolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qildi.

Murojaatda fuqaroning 5 oy oldin Buxoro tumanidagi savdo do‘konidan 3 300 000 so‘mga gaz plita xarid qilgani, lekin nuqsoni borligi ma'lum bo'lgach, almashtirib berish yoki to‘langan pulni qaytarib berishni so‘rab, do‘kon xodimlariga bir necha marotaba murojaat qilgani, ammo iste’molchining murojaatlari e’tiborsiz qolayotgani bayon etilgan.

Ushbu holat Buxoro tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimlari tomonidan o‘rganilib, savdo do‘koni ishchi-xodimlariga amaldagi qonun hujjatlari talablari yuzasidan tegishli tushuntirish ishlari olib borildi. Natijada gaz plita uchun to‘langan 3 300 000 so‘m mablag' iste'molchiga to‘liq qaytarildi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00