21.11.2023
Joriy yilning 13-noyabr kuni Jizzax viloyati Zomin tumani "Gulshan" MFYda yashovchi fuqaro S.D. O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining "1091" qisqa raqamli ishonch telefoni orqali murojaat qilgan.
Unga ko'ra, fuqaro Zomin tumanidagi savdo do‘konlarining biridan "Redmi Note 11" rusumli telefonni 1 million 850 ming so‘mga sotib olgan. Ammo uyiga olib kelgach, yangi telefon qutisidan "Redmi Note 10" chiqqan. Iste’molchi bu borada do'kon mas'ullariga murojaat qilsa-da, muammo hal etib berilmagan.
Holat Zomin tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan nazoratga olinib, do‘konda o‘rganish ishlari olib borildi. Yakunda fuqaroning "Redmi Note 10" rusumli telefoni boshqa markalisiga almashtirib berildi.