
17.07.2024
Buxoro shahar isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga 2024-yilning 4-iyul kuni Buxoro viloyati Olot tumani "Shodlik" ko’chasida istiqomat qiluvchi fuqaro Sh.Y.dan og’zaki murojaat kelib tushgan.
Unga ko'ra, fuqaro Buxoro shahar markaziy dehqon bozoridagi YTT B.O.O. ga qarashli maishiy texnika savdo doʼkonidan "Artel" rusumli konditsionerni 4 300 000 so’mga xarid qilgan. Ammo oradan koʼp vaqt oʼtmasdan, ushbu konditsioner nosoz holga kelib qolgan. Iste'molchi bir necha bor servis xodimlariga murojaat qilgan bo'lsa-da, hech qanday natija bo'lmagan.
Mazkur murojaat tegishliligi boʼyicha Buxoro shahar isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimlari tomonidan qonun doirasida oʼrganib chiqildi. Natijada, nosoz konditsioner servis xodimlari tomonidan bepul ta'mirlab berildi.