Telegram-bot Virtual qabulxona

30.09.2024

Iste'molchining talabiga koʻra, 6,2 million soʻmlik shartnoma bekor qilindi

Kitob tumani "Jilisuv" mahallasida yashovchi fuqaro A.U. tumandagi “Imkon” savdo majmuasidan muddatli toʻlov asosida 6 million 200 ming soʻmga “Honor 200 L” rusumli uyali aloqa vositasi sotib oladi. Biroq uning sifati iste'molchi talabi darajasida boʻlib chiqmaydi, telefon apparatini qaytarib olish toʻgʻrisida qilingan murojaatlarini esa sotuvchi inobatga olmaydi.

Fuqaroning shu haqda Oʻzbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federasiyasining ishonch telefoni orqali qilgan murojaati oʻrganildi. Oʻrganish jarayonida sotuvchiga amaldagi iste'molchilar huquqlarini himoya qilishga oid qonunchilik talablari tushuntirildi hamda uyali aloqa vositasi sotuvchiga qaytarilib, fuqaro bilan tuzilgan 6 million 200 ming soʻmlik muddatli toʻlov shartnomasi bekor qilinishi ta'minlandi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00