Telegram-bot Virtual qabulxona

17.09.2024

3,5 million so'mlik nosoz havo sovutgich yangisiga almashtirildi

Qo'shko'pir tumani "Bahoriston" MFYda yashovchi fuqaro Q.Z. tuman iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga yozma ravishda murojaat qilgan.

Unda bayon etilishicha, fuqaro tumanda joylashgan maishiy texnika do'konidan 3 500 000 so'mga konditsioner sotib olgan. Ammo oradan bir oy o'tgach, sotib olingan texnikada nosozlik kelib chiqqan.

Iste'molchi murojaati bo'yicha maishiy texnika do'konida o'rganish ishlari o'tkazildi. Do'kon xodimlariga qonuniy tushuntirish berilishi natijasida, konditsioner yangisiga almashtirilib, iste'molchi xonadoniga o'rnatilib berildi.


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00