Telegram-bot Virtual qabulxona

29.01.2024

Avtomashina uchun to'langan 116 million so'm iste'molchiga qaytarildi

Toshkent shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish hududiy birlashmasiga fuqaro I.M. tomonidan murojaat kelib tushgan.

Unda keltirilishicha, iste’molchi 2023-yilning 26-iyun sanasida Toshkent shahar Chilonzor tumanida joylashgan "Umid Auto companies" MCHJ bilan "Gentra" avtomashinasi sotib olish uchun shartnoma imzolagan va 116 614 000 so'm to'lovni amalga oshirgan. Ammo jamiyat shartnomada keltirilgan shartlarni bajarmagan, ya'ni avtomobil murojaatchiga belgilangan muddatda yetkazib berilmagan.

Hududiy birlashma xodimlari tomonidan murojaat joyiga chiqib o‘rganilishi davomida MChJ raisiga iste’molchining shartnoma bandlarida ko‘rsatilgan huquqlari to‘g‘risida tegishli tushuntirish ishlari olib borildi. Natijada, murojaat ijobiy yechim topdi va iste’molchiga 116 614 000 so‘m to‘liq qaytarilishiga erishildi. 

 


Ma `lumot

  • Toshkent sh, Islom Karimov 55
  • 1091
  • istemolchi@exat.uz
  • 09:00 to 18:00